Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 20,02 soʻmga pasayib, 10 825,00 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 20,02 soʻmga tushib, 10 825,00 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 260,40 soʻmga baholanib, 36,77 soʻmga pasaydi. Shuningdek, 1 rubl 138,65 soʻm etib belgilanib, 3,03 soʻmga tushdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 25 yanvar, seshanba kunidan kuchga kiradi.


