Mashhur Forbes jurnali Oʻzbekistonni 2022 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta yoʻnalish roʻyxatiga kiritdi.
“Oʻzbekistonning ajoyib infratuzilmasi sizga mamlakat poytaxti Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Xiva — Buyuk Ipak yoʻlidagi bekatlarga bemalol sayohat qilish imkonini beradi. Uch shahar tezyurar poyezdlar orqali bogʻlangan, Xiva esa Buxoro bilan sovet davridagi poyezd orqali bogʻlangan, agar sovet buyumlarini yoqtirsangiz, unda maroqli boʻlad”, deyiladi xabarda.
Nashr yoʻnalishdagi har bir shahar (Toshkentdan tashqari) UNESCOʻning Butunjahon merosi roʻyxatiga kirishi va diqqatga sazovor joylarga boy ekanini yozgan.
“Eski Xiva shahri — Ichanqalʼa oʻzbek shaharlari orasida birinchi boʻlib madaniy obidalar roʻyxatiga kiritilgan. Buxoroda juda koʻp bezatilgan qadimiy madrasalarni (maktablarni) oʻtkazib yubormang, Buxoro arkiga tashrif buyuring va savdo gumbazlaridan esdalik sovgʻalarini sotib olishni unutmang. Albatta, Samarqand oʻzining nafis Registon maydoni bilan hayratlanarli”, deya yozadi nashr.
Forbes Toshkent haqida ham yozar ekan, sayyohlardan anʼanaviy taom — oshdan tatib koʻrishni unutmaslikni soʻragan.


