Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston bozorlaridagi narxlar: nima arzonlashib, nimalar qimmatlashdi?

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi narxlar boʻyicha tahlil eʼlon qildi.

Foto: “asiaplustj.info”

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 1–17 yanvar kunlari Qoʻyliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlarining ulgurji narxlari boʻyicha kuzatuv natijalari eʼlon qilinib borildi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari oʻzgarishi yuzasidan tahliliy maʼlumot berdi.

Arzonlagan mahsulotlar

Ushbu davr mobaynida bozorda apelsin 5500 soʻmga, limon 4000 soʻmga, banan 2500 soʻmga, loviya va bodring 1000 soʻmga va mosh 500 soʻmga arzonlagan.

Qimmatlagan mahsulotlar

Bozorlarda bodring narxi 2750 soʻmga, sarimsoq piyoz va ananas 2500 soʻmga, pomidor 1000 soʻmga, mandarin va noʻxat 500 soʻmga hamda kartoshka (import) 150 soʻmga oshgan.

Bozorlarga eng koʻp keltirilgan mahsulotlar

Tezkor maʼlumotlarga asosan, Qoʻyliq bozoriga 1–17 yanvar kunlari hududlardan jami 9,9 ming tonna mahsulotlar, xususan, 6,0 ming tonna kartoshka, 2,7 ming tonna piyoz, 444 tonna karam va 774 tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 198 tonna kartoshka, 1036 tonna piyoz, 444 tonna karam, 329 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 21 tonna kartoshka, 1020 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 651 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 175 tonna, Surxondaryo viloyatidan 156 tonna va Sirdaryo viloyatidan 114 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, Qoʻyliq bozoriga Qozogʻistondan 1481 tonna, Qirgʻizistondan 249 tonna, Afgʻonistondan 1420 tonna, Pokistondan 1532 tonna va Erondan 1060 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–17 yanvar kunlari jami 144,9 tonna, shu jumladan, 129,1 tonna mol goʻshti va 15,8 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.

Avvalroq dunyo boʻylab oziq-ovqat narxlari 2022 yilda ham oshishda davom etishi xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda 2022 yil 30 ta bozor va savdo komplekslari tashkil etilishi haqida xabar berildi.