Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Aholining fuqarolik tashabbuslariga 2021 yil qancha mablagʻ yoʻnaltirilgani maʼlum boʻldi

Takliflarning aksariyat qismi ichki yoʻllarni taʼmirlash bilan bogʻliq.

Foto: Kommers.uz

2021 yilda tashabbusli byudjet jarayoni davomida fuqarolardan kelgan takliflarni moliyalashtirish uchun 407,1 milliard soʻm yoʻnaltirildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni davomida fuqarolar tomonidan jami 41 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan va ushbu takliflarga 1,1 milliondan ortiq fuqarolar oʻz ovozlarini bergan.

Natijada mamlakat boʻylab qariyb 1600 ta takliflar gʻolib deb topilgan hamda ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlari xisobidan jami 407,1 milliard soʻm yoʻnaltirilgan.

Maʼlum qilinishicha, gʻolib deb topilgan takliflarning aksariyat qismi yaʼni, 400 ga yaqin (jami takliflarga nisbatan 26 foizi) aynan ichki yoʻllarni taʼmirlash bilan bogʻliq muammolarni oʻzida aks ettirgan. Yil yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan takliflar doirasida hududlarda qariyb 300 kilometr ichki yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari taʼmirlangan.

Jumladan, birgina Qashqadaryo viloyatining oʻzida 46 ta taklif doirasida 13,1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilib, natijada 37,8 kilometr yoʻllarda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Shundan, qariyb 28 kilometrda yoʻllar asfalt qoplama bilan qoplangan boʻlsa, 10 kilometrga yaqin tuproqli yoʻllarga shagʻal yotqizilgan.

Quyida hududlar kesimida mamlakat boʻylab taʼmirlangan ichki yoʻllar toʻgʻrisida maʼlumot bilan tanishish mumkin:

Maʼlumot uchun, joriy yilda Tashabbusli byudjet jarayonlari ikki marotaba — fevral hamda iyul oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu tadbirlar doirasida 1,5 trillion soʻmdan ortiq mablagʻlar fuqarolarning fikri asosida yoʻnaltiriladi.

Avvalroq Oʻzbekistonda 2021 yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga qancha mablagʻ sarflangani haqida xabar berilgandi.