Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Vaziyat barqarorlashmoqda: Olmaotada jamoat transporti va savdo markazlari qayta ish boshladi

Tartibsizliklar sababli 5 yanvardan beri shahardagi jamoat transporti va savdo markazlari ishlamayotgandi.

Foto: Reuters

Qozogʻistonning Olmaota shahrida 12 yanvar kunidan boshlab barcha avtobus, trolleybus va shahar atrofi yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar berdi shahar harakatlanish boshqarmasi.

Tartibsizliklar sababli 5 yanvardan beri shahardagi jamoat transporti va savdo markazlari ishlamayotgandi.

“Shahar chekkasiga avtobuslar soat 9:00 dan 18:00 gacha qatnaydi. Ertadan viloyatning eng yaqin aholi punktlari ham ish boshlaydi, uzoq qishloqlarga esa komendantlik soati tufayli reyslar boʻlmaydi”, deyiladi xabarda.

Olmaotada 11 yanvar kuni 41 ta marshrut ishlaydi, 505 ta avtobus liniyaga kirdi. Shahardagi ikkita vokzal normal rejimda ishlamoqda. Poyezdlar muntazam qatnaydi, poytaxt yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyiladi.

Olmaotada 11 yanvar kuni oltita savdo va koʻngilochar markazlar oʻz ishini davom ettirdi: Grand Park, Dostyk Plaza, Ritz Palace, Globus, Sputnik va Almaty Mall. MEGA Alma-Ata va MEGA Park savdo-koʻngilochar markazlari ham 12 yanvardan ish boshladi.

“Moskva”, “Azia park”, SUM, “Almali” va “Maksima” singari 14 ta koʻngilochar markaz rekonstruksiya qilinadi. Xabarga koʻra, Esentai Mall hali ochilishni rejalashtirmagan, Mega Park shu hafta ochilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Qozogʻistonda 2 yanvar kuni boshlangan ijtimoiy norozilik namoyishlari siyosiy tus olib, katta tartibsizliklarga aylanib ketdi. Mamlakatga KXSHT qoʻshinlari kiritilgan.