Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

“Omikron” Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga qancha zarar keltirishi hisoblab chiqildi

Shtamm 7 yanvar kuni Oʻzbekistonga ham kirib keldi va mamlakatda ehtiyot choralari kuchaytirildi.

Foto: The Sunday Times

Koronavirusning “omikron” varianti tarqalishi yanvar va fevral oylarida Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 35 milliard funt sterling (taxminan 48 milliard dollar) zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda The Sunday Times Iqtisodiy va biznes tadqiqotlari markazi (CEBR) tahliliga tayanib yozmoqda.

Iqtisodiyotdagi yoʻqotishlar, birinchi navbatda, odamlarning izolyatsiyasi bilan izohlanadi. Bu esa xodimlarning yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Nashr xabariga koʻra, eʼlon qilingan miqdor yilning birinchi ikki oyida Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulotining taxminan 8,8 foiziga toʻgʻri keladi.

Zarar hukumatning baholashi asosida hisoblab chiqilgan, unga koʻra, mamlakatda “omikron” tufayli odamlarni “ishdan olish” koʻrsatkichi 25 foizni tashkil qiladi. Bundan ham konservativ hisob-kitoblarga koʻra, kasal va izolyatsiya qilingan odamlarning 8 foizi mavsumdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan uch baravar koʻp boʻladi va 10,2 milliard funt sterling (13,9 milliard dollar) yoʻqotilishiga olib keladi. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2,6 foiziga teng.

“Hatto eng yuqori choʻqqida [odamlar etishmasligi] faqat 8 foiz iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Biroq, biz ishonamizki, yoʻqotishlarning aksariyati yilning qolgan qismida qoplanadi”, — deydi CEBR iqtisodchisi Pushpin Singx.

Buyuk Britaniya ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi, “omikron” tarqalishi tufayli COVID-19 bilan kasallanishning keskin oʻsishiga duch kelmoqda. 8 yanvar holatiga koʻra, mamlakatda kuniga 146 390 kishi koronavirus bilan kasallanyapti.