Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasi Vegas Loop tarmogʻining yer osti tunnelini taqdim etdi. Premyera Las-Vegasdagi International Consumer Electronics Showʻda (CES 2022) boʻlib oʻtdi.
Uzunligi 2,7 kilometr boʻlgan tunnel Las-Vegasning ikki qismini bogʻlaydi. Bu Maskning kompaniyasi keyingi bir necha yil ichida quradigan yer osti tunnel tarmogʻining bir qismi boʻladi.
Tesla rahbarining rejasiga koʻra, shaharni tirbandlikdan xalos qilishi kerak boʻlgan Vegas Loopʻda premyera vaqtida elektromobil vositalarining tirbandligi yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tunnelda tirbandlik aks etgan video tarqaldi.
Maʼlumot uchun, The Boring Company 2019 yilda Las-Vegasda tunnel qurish uchun 48,7 million dollarlik shartnomani qoʻlga kiritgandi. Qurilish 2020 yilning oxirida yakunlanishi kerak edi. Biroq boshlanib qolgan pandemiya va karantin cheklovlari loyiha amalga oshishini kechiktirdi.
Avvalroq amerikalik biznesmen Ilon Maskning boyligi ikkinchi marta 300 milliard dollardan oshgani xabar qilingandi.


