Milliarder Ilon Mask bitkoin asoschisi, 1998 yil Satoshi Nakamoto taxallusi ostida bit gold deb nomlangan markazlashmagan raqamli valyuta algoritmini ishlab chiqqan matematik olim yashirinmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda Tesla asoschisi Leks Fridman bilan podkastda aytib oʻtdi.
Maskning soʻzlariga koʻra, haqiqiy Satoshi Nakamoto amerikalik olim Nik Sabo boʻlishi mumkin, chunki uning gʻoyalari birinchi kriptovalyuta asosidagi tamoyillarga juda oʻxshash.
Sabo amalda joriy etilmaganiga qaramay, bitkoinning oʻtmishdoshi hisoblanuvchi bit gold markazlashtirilmagan valyuta algoritmining asoschisidir.
Nik Saboning bitkoin yaratishdagi ishtiroki juda keng tarqalgan nazariya hisoblanadi. Olimning ishlarini oʻrganib chiqqan Aston universiteti tilshunoslari Saboning yozish uslubi va koʻtargan mavzulari bitkoinning white paperʻiga juda oʻxshash, degan xulosaga kelgan.
Avvalroq Xitoy BMTga Ilon Maskning loyihasi ustidan shikoyat qilgani xabar qilingandi.


