Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 11 oyda qanchaga yetgani ochiqlandi

Yanvar-noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilga nisbatan 32 foizga ortdi.

Foto: “turkmenportal.com”

Oʻzbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 13,9 milliard dollarni tashkil qildi.

Davlat statistika qoʻmitasining xabar qilishicha, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 36,7 foizi MDH davlatlariga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasidagi 2020 yilning mos davriga nisbatan ulushi 32,0 foizga koʻpaygan.

Bundan tashqari, boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,0 foizga kamaygan. Uning jami TSAdagi ulushi 63,3 foizni tashkil etgan.

Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021 yil yanvar-noyabr holatiga koʻra 13,9 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan, eksport — 4 milliard 856,9 million dollarga yetgan boʻlsa, import — 8 milliard 52,5 million dollar qiymatida qayd etilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (47,5 foiz), Qozogʻiston (25,4 foiz) hamda Qirgʻiziston (6,1 foiz) davlatlari bilan qayd etilgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qaysi oyda eng yuqori boʻlgani xabar qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibi maʼlum qilingani haqida xabar berildi.