Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Uzcard va Humo kartalari terminallari birlashtiriladi

Toʻlov tizimlarining hamkorligi bozor ehtiyojlarini yanada faolroq aniqlash va zarur yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.

Foto: “news.sarbc.ru”

Yaqin kelajakda kassir tomonidan Uzcard va Humo kartalari uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart boʻlmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala toʻlov tizimiga xizmat koʻrsatadigan bitta apparatga ega boʻladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 27 dekabr kuni Uzcard va Humo toʻlov tizimlari ikkala tizim terminallarida toʻlovlarni qabul qilishni namoyish etgan. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa, endilikda bitta terminalda ham Uzcard, ham Humo kartalariga xizmat koʻrsatish mumkin boʻladi.

Xabarga koʻra, toʻlov tizimlarining hamkorligi bozor ehtiyojlarini yanada faolroq aniqlash va zarur yechimlarni taqdim etish imkonini beradi. Terminal har ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi uchun uni yangilash kerak. Yaqin vaqt ichida banklarga bunday yangilashni amalga oshirish uchun zarur koʻrsatmalar beriladi.

Integratsiya memorandumi doirasida Uzcard va Humo quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:

  • karta egalari, banklar, toʻlov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalarining manfaatlarini himoya qilish;
  • texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni ragʻbatlantirish infratuzilmasini kengaytirish;
  • toʻlov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

Avvalroq muomalaga chiqarilgan Humo kontaktsiz bank kartalaridan foydalanish NFC texnologiyasi asosida toʻlovlarni qabul qilish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlariga oʻrnatilgan hisob-kitob terminallaridan samarasiz foydalanilayotgan subyektlar bilan ishlashni tashkil etish toʻgʻrisida maʼlumot berilgandi.