Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Fargʻona shahri hokimi yangi agentlikka direktor etib tayinlandi

Mirzohid Ubaydullayev tayinlovga qadar Fargʻona viloyati Fargʻona shahri hokimi lavozimida ishlagan.

Foto: Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Mirzohid Ubaydullayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavomizimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kommers.uzʻga xabar berdi.

Mirzoxid Ubaydullayev 1976 yilda Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1999 yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

U oʻz faoliyatini 1999 yilda Fargʻona shahar Qirguli tuman hokimligi moliya boʻlimi budjet boʻyicha iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2005 yildan Fargʻona viloyati Gʻaznachilik boshqarmasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan.

Ubaydullayev 2014-2015 yillarda Fargʻona viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi, 2015- 2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

U 2016-2020 yillarda Fargʻona viloyati Margʻilon shahar hokimi, 2020-2021 yillarda Fargʻona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirzohid Ubaydullayev tayinlovga qadar Fargʻona viloyati Fargʻona shahri hokimi lavozimida ishlagan.