Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan 1–20 dekabr kunlari Qoʻyliq va Chorsu dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol tovarlarining ulgurji narxlari boʻyicha kuzatuv natijalari eʼlon qilinib borildi. Vazirlik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari oʻzgarishi yuzasidan tahliliy maʼlumot berdi.
Arzonlashgan mahsulotlar
Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka 125 soʻmga, sariq sabzi 1350 soʻmga, qizil sabzi 1100 soʻmga, import olma 1500 soʻmga, uzum (rizamat) 10 ming soʻmga, apelsin 11 ming soʻmga, limon 2500 soʻmga va loviya 500 soʻmga arzonlagan.
Qimmatlagan mahsulotlar
Bozorlarda baqlajon 14 ming 750 soʻmga, sarimsoq piyoz 11 ming soʻmga, bulgʻor qalampiri (qizil) 8500 soʻmga, bulgʻor qalampiri (yashil) 7750 soʻmga, nok (mahalliy) 6500 soʻmga, nok (import) 4000 soʻmga, bodring 3875 soʻmga, pomidor 750 soʻmga, noʻxat 1500 va guruch (alanga) 250 soʻmga oshgan.
Bozorlarga eng koʻp keltirilgan mahsulotlar
Tezkor maʼlumotlarga asosan, Qoʻyliq bozoriga 1–20 dekabr kunlari hududlardan jami 13,3 ming tonna, xususan, 7,4 ming tonna kartoshka, 4,0 ming tonna piyoz, 674 tonna karam va 1,2 ming tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 489 tonna kartoshka, 850 tonna piyoz, 674 tonna karam, 493 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 250 tonna kartoshka, 1615 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1570 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 233 tonna, Surxondaryo viloyatidan 297 tonna va Sirdaryo viloyatidan 169 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, Qoʻyliq bozoriga Qozogʻistondan 2286 tonna, Qirgʻizistondan 392 tonna, Afgʻonistondan 2109 tonna va Erondan 1873 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga 1–20 dekabr kunlari jami 254,3 tonna, shu jumladan, 216,1 tonna mol goʻshti va 38,2 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.
Avvalroq Oʻzbekiston markaziy dehqon bozorlaridagi minimal-maksimal narxlar maʼlum qilingani haqida xabar berildi.


