Oʻzbekistonda noyabr oyida 76 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning noyabr oyida Oʻzbekistonga xorijdan 76 ta elektromobil import qilingan. Shuningdek, 2021 yilning noyabr oyida import qilingan elektromobillar soni oktyabr oyiga nisbatan 21 taga oshgan.
Xabar qilinishicha, Oʻzbekistonda noyabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,8 million dollar sarflangan.
Avvalroq 10 oyda Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 million dollarga teng boʻlgan 613 ta elektromobil import qilingani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, eng koʻp elektromobil Xitoy (551 ta), Turkiya (24 ta) va Litva (13 ta)dan import qilingan.
Shuningdek, Xiaomi yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqaradigan zavod ochishi xabar qilindi.


