Oʻzbekistonda yanvar-noyabr oylarida 4,6 million tonna koʻmir ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada 4,6 million tonna koʻmir ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, koʻmir ishlab chiqarish hajmi 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 928,7 ming tonnaga oshgan.
Avvalroq “Shargʻunkoʻmir” xodimlariga 2,5 milliard soʻm ish haqi toʻlab berilmagani aniqlangani xabar qilingandi.
Aniqlanishicha, 2021 yil 15 dekabr holatiga koʻra, “Shargʻunkoʻmir” rahbariyati tomonidan xodimlarga 2,5 milliard soʻm miqdorida oylik ish haqlari toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻlgan.
Qayd etilishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Shargʻunkoʻmir” korxonasi rahbariyatiga fuqarolarning toʻlanmay qolgan maoshlarini berish boʻyicha yozma koʻrsatma kiritilgan.
Shuningdek, Qozogʻiston Rossiya orqali Ukrainaga koʻmir yetkazib berishda ayrim cheklovlar borligini tan olgani haqida xabar berildi.


