Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Bir oyda eskrou tizimi orqali qancha bitim rasmiylashtirildi?

Markaziy bank xabariga koʻra, eskrou hisobvaraqlari orqali koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar sezilarli darajada faollashgan.

Foto: Markaziy bank

2026 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekistonda koʻchmas mulk va chiqqaniga 10 yildan oshmagan avtomobillar oldi-sotdi jarayonida hisob-kitoblarning yangi tartibi joriy etildi.

Endilikda bunday bitimlar bank orqali eskrou hisobvaraqdan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, endi pul xaridordan sotuvchiga toʻgʻridan toʻgʻri oʻtkazilmaydi. Bitimga qoʻshimcha ishtirokchi — bank jalb qilinadi. Bunda bank mablagʻlarni saqlab turadi va bitim yakunlanmaguncha ularni tomonlarning birortasiga ham oʻtkazmaydi.

Markaziy bank xabariga koʻra, 1 apreldan 7 maygacha boʻlgan davrda eskrou hisobvaraqlari orqali koʻchmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi boʻyicha bitimlar sezilarli darajada faollashdi.

Hisobot davrida jami 40 767 ta bitim rasmiylashtirilgan boʻlib, shundan 23 804 tasi transport vositalari, 16 963 tasi esa koʻchmas mulk oldi-sotdisiga toʻgʻri keldi.

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida — 11 679 ta, Fargʻona viloyatida — 3940 ta hamda Samarqand viloyatida — 3614 ta bitim bilan qayd etildi.

Kuchli beshlikni 3128 ta bitim bilan Andijon hamda 2856 ta bitim bilan Namangan viloyatlari yakunladi.

Regulyator tomonidan qayd etilishicha, eskrou mexanizmi oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblarning xavfsizligi, shaffofligi va ishonchliligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.