Vazirlar Mahkamasi qarori (175-son) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, taʼlim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagoglar uchun ayrim davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50% ini tashkil qilishi belgilandi.
Ushbu yengillik quyidagi davlat xizmatlari uchun tatbiq etiladi:
- koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish;
- umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish;
- traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish;
- rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari va boshqalar.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor oʻrinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, boshqa yoʻnalishga oʻtkazish va oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi.


