Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Kapital bozori “tartibga solish qumdoni” rejimida rezidentlar ham ishtirok eta oladi

Maxsus huquqiy rejim cheklanmagan muddatga amal qilishi belgilandi.

Adliya vazirligi Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Xususan, tan olingan xorijiy yurisdiksiyadagi norezident yuridik shaxslar bilan birgalikda Oʻzbekiston rezidentlari ham kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi boʻlishi mumkin.

Maxsus huquqiy rejim cheklanmagan muddatga amal qilishi belgilandi.

Kapital bozori sohasida ilgari qonunbuzarliklar sodir etilgan boʻlsa va vakolatli organning “asoslantirilgan mulohazasi” arizachini maxsus huquqiy rejimda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslaridan hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, 2 oy davomida hisobot taqdim etmaslik, maxsus huquqiy rejim talablarini buzish va vakolatli organning “asoslantirilgan mulohazasi” maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomini bekor qilish uchun asos boʻladi.

Maʼlumot uchun, asoslantirilgan mulohaza qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash hisoblanadi.