Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 300 mln soʻmgacha oshiriladi

Shuningdek, yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard soʻmgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard soʻmgacha) mumkin boʻladi.

Foto: TASS

Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030 yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Bu haqda Prezidentning yoshlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, yoshlarga oʻziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala.

Yoshlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor boʻlish istagini bildirgan. Oʻtgan yili yoshlar bandligini taʼminlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻydi, 50 ming odamni ish bilan taʼminladi.

Prezident yoshlar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha 200 million dollar ajratilishini eʼlon qildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million soʻmgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard soʻmgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard soʻmgacha) mumkin boʻladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish oʻrni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.