Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ayrim tadbirkorlarning litsenziya muddatini endi 6 oygacha toʻxtatib turish mumkin

Ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi belgilangan edi.

Tadbirkorlarning ortiqcha sarson boʻlishiga sabab boʻluvchi ayrim normalar tartibga solindi. Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilandi.

Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkinligi belgilandi.

Ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi belgilangan edi.

Shuningdek, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlashi belgilandi.

Ilgari ushbu Qonunda mazkur soliq BHMning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilangan edi.