Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 8,8 mln soʻmga yetdi

Jahon bozorida qimmatbaho metallning troya unsiyasi narxi 4,4 ming dollarga yaqinlashmoqda.

17 oktyabr kuni oʻlchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord koʻrsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 760 ming 130 soʻmga baholanmoqda. 5 grammlik oʻlchovli quyma 8 mln 801 ming soʻmdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari boʻyicha taqdim qilingan maʼlumotga koʻra:

  • 5 gramm oʻlchovli oltin quyma narxi 8 mln 801 ming soʻm;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 17 mln 601 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 35 mln 203 ming soʻm;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 88 mln 7 ming soʻm;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 176 mln 13 ming soʻmni tashkil qiladi.

Mahalliy bozorda qimmatbaho metall narxi yil boshidan buyon 44 marta yangi rekord darajasiga koʻtarildi. Shu davr mobaynida uning narxi 55,45%ga oshdi, bu esa yillik oʻsish koʻrsatkichidan ham yuqori boʻldi — 2024 yil oktabridan boshlab narxlar 55,06% ga koʻtarilgan.

17 oktyabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4300 dan oshdi. Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4381,76ni tashkil qildi.