Oʻzbekistonda 24 sentyabr kuni oltin quymalar narxi yangi rekord darajada oshdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, bir gramm oltin narxi 1 535 840 soʻmni tashkil etdi. Bu bir kun avvalgi narxdan 0,9 foizga yuqoridir. 5 grammli oltin quymalar narxi 7 million 679 ming soʻm boʻldi va avvalgi rekord narxdan 70 soʻmga oshdi.
24 sentyabr holatiga koʻra oltin quymalari narxi quyidagicha
- 5 grammli —7 million 679 ming soʻm;
- 10 grammli — 15 million 358 ming soʻm;
- 20 grammli — 30 million 717 ming soʻm;
- 50 grammli — 76 million 792 ming soʻm;
- 100 grammli — 153 million 584 ming soʻm
Oʻzbekistonda oltin narxi oshishi boʻyicha 2025 yil boshidan beri 32 marta rekord oʻrnatdi va bu vaqt davomida 35,6 foizga qimmatladi.
Jahon bozorida ham oltin narxi rekord oʻrnatdi. Nyu Yorkning Comex birjasidagi 24 sentyabrdagi savdolar maʼlumotlariga koʻra, oltinning birjadagi narxi 1 unsiyasi uchun 3800 dollardan oshdi.


