Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Oʻzbekistonda oltin quymalar narxi yana tarixiy rekordni yangiladi

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 4500 dollardan oshdi. Ushbu qimmatbaho metall yil boshidan buyon 72 foizga oʻsdi.

Oʻzbekistonda oʻlchovli oltin quymalarining narxi yana rekord darajada oshdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 24 dekabr kuni 1 gramm oltinning narxi 1 million 782 ming 600 soʻmni tashkil qildi.

Oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

5 gramm — 8 mln 913 ming soʻm;
10 gramm — 17 mln 826 ming soʻm;
20 gramm — 35 mln 651 ming soʻm;
50 gramm — 89 mln 128 ming soʻm;
100 gramm — 178 mln 256 ming soʻm.

17 oktyabr kuni 5 grammli quyma ilk bor 8,8 million soʻmga koʻtarilib, rekord oʻrnatgandi.

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uchun 4500 dollardan oshdi. Ushbu qimmatbaho metall yil boshidan buyon 72 foizga oʻsdi. Kumush va platina ham rekord darajaga koʻtarildi.