Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

AQSHda vizalar uchun 250 dollar miqdorida yangi yigʻim joriy etiladi

Mamlakatga kiruvchilar boʻlish qoidalariga rioya qilishlari va oʻz vaqtida chiqib ketishlari sharti bilan yigʻim ham qaytarilishi kutilmoqda.

2025 yildan boshlab AQSHda noimmigratsion viza beriladigan barcha uchun yangi majburiy toʻlov — Visa Integrity Fee joriy etiladi. Tegishli qonunni prezident Donald Tramp imzoladi.

Tramp maʼmuriyati AQSHga kirish uchun noimmigrant vizaga muhtoj boʻlgan barcha chet elliklar uchun yangi “viza yaxlitligi toʻlovi” joriy etmoqda. Bu toʻlov kamida $250 ni tashkil etadi.

Toʻlov bir moliyaviy yil davomida — 2024 yil 1-oktabrdan 2025 yil 30-sentabrgacha kamida $250 ni tashkil etadi.

2026 yildan boshlab esa barcha noimmigratsion vizalar (B-1/B-2, F/M, H-1B, J va boshqalar) uchun qoʻshimcha yigʻim joriy etiladi.

Mamlakatga kiruvchilar boʻlish qoidalariga rioya qilishlari va oʻz vaqtida chiqib ketishlari sharti bilan yigʻim ham qaytarilishi kutilmoqda.

Viza berishda yigʻimni toʻlash kerak. Viza berish rad etilgan taqdirda, qoʻshimcha yigʻimlar undirilmaydi. Ushbu yigʻim barcha noimmigratsion viza talabgorlaridan, shu jumladan B-1/B-2 vizasi boʻyicha sayyohlar, biznes sayohatchilar, chet ellik talabalar, almashinuv talabalari va vaqtinchalik malakali ishchilardan undiriladi.

Qayd etilishicha, bu yigʻim 2025 yil 4 iyulda qabul qilingan One Big Beautiful Bill Ast qonuni asosida kiritiladi. U inflyatsiyaga qarab yil sayin qayta koʻrib chiqiladi.