Mol-mulkka egalik huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga oʻtgan taqdirda, mol-mulk soligʻi:
- avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan eʼtiboran u mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar,
- yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, masalan, fuqaro 2025 yil 13 fevralda kvartira sotib olgan boʻlsa 2025 yilning 1 fevralidan 31 dekabriga qadar 2025 yil uchun mol-mulk soligʻini toʻlaydi.
Shuningdek, fuqaro agar yangi binodan kvartira sotib olgan boʻlsa, yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Agar siz koʻchmas mulk meros boʻlib oʻtgan boʻlsa, meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun soliq merosxoʻrda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Agar uy buzilgan boʻlsa — soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Agar soliq imtiyozlari mavjud boʻlsa, kalendar yil mobaynida imtiyozlarga boʻlgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.


