Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar 12 foiz keshbekka ega boʻladi

Ijtimoiy keshbek olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga, 12 foiz QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.

Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlarga alohida eʼtibor qilinadi va “Soliq” mobil ilovasi orqali ijtimoiy keshbek olish huquqi berilgan.

Demak, ijtimoiy keshbek olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga, 12 foiz QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.

Bugungi kunda QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxati:

  • Qoʻy goʻshti;
  • Parranda goʻshti;
  • Mol goʻshti;
  • Tuxum;
  • Oʻsimlik yogʻi;
  • Un;
  • Shakar;
  • Dori vositalari;
  • Tibbiy xizmatlar.

QQS summasini qaytarish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan isteʼmolchi Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida roʻyxatdan oʻtadi va ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi kerak. “Ijtimoiy keshbek”ni “Keshbek va imtiyozlar” boʻlimida kuzatib borish mumkin.

QQS qaytarishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilganligi;
  • xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligi;
  • tadbirkor QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi.

QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan soʻng Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin.