Rossiyaning “Vkusno – i tochka” tez ovqatlanish tarmogʻi oʻz bredini MDH mamlakatlari, shuningdek, McDonaldʻs mavjud boʻlmagan boshqa xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Oleg Paroyev “TASS”ga maʼlum qildi.
“Agar biz McDonaldʻs mavjud boʻlmagan mamlakatlar haqida gapiradigan boʻlsak, biz ularni koʻrib chiqishdan mamnunmiz. Agar MDH davlatlari haqida gapiradigan boʻlsak, bular Armaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston”, – dedi Paroyev.
Shuningdek, u “Vkusno – i tochka” MDHdan tashqari, McDonaldʻs boʻlmagan mamlakatlarga ham borishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Shu bilan birga, u hozir aniq birorta davlatni koʻrib chiqilmayotganini taʼkidladi. Ammo rejadagi davlatlardan biri Eron ekanligini qayd etdi.
Paroyevning aytishicha, yangi bozorlarga chiqish franchayzing savdosi orqali amalga oshiriladi.


