Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi kam taʼminlangan oilalarga 1 mlrd soʻm ajratdi

Pul mablagʻlari viloyat mahalliy byudjetidan qoplanadi. Viloyat gʻaznachilik boshqarmasi esa ajratilgan mablagʻ boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazoratga oladi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish boʻyicha farmoyish imzoladi. Hujjat matni E-qaror platformasida eʼlon qilindi.

Unga koʻra, viloyat mahalliy byudjetining 2022 yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyatdagi nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi taʼmirtalab fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat mahalliy budjetidan 1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi mablagʻ ajratish boʻyicha “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, viloyat gʻaznachilik boshqarmasi esa ajratilgan mablagʻ boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazoratga oladi.

Shuningdek, viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi ajratilgan mablagʻdan maqsadli foydalanilishini tekshiradi.