Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Bugʻdoy narxi koʻtarildi

Rossiyaning Ukraina shaharlariga raketa hujumlari oqibatida jahon bozorida bugʻdoy narxlari qimmatlashdi

Foto: “fertilizerdaily.ru”

Maʼlum qilinishicha, 10 oktyabr kuni Rossiyaning Kiyev va Ukrainaning boshqa yirik shaharlariga raketa zarbalaridan soʻng bugʻdoy narxi deyarli 6 foizga oshib, iyun oyidagi maksimal darajaga yetdi, deb xabar beradi Bloomberg.

Mojaroning kuchayishi Ukrainadan don eksporti boʻyicha yaqin oylarda muddati tugaydigan ikki tomonlama kelishuvning uzaytirilishini xavf ostiga qoʻyadi.

“Agar Qora dengiz mintaqasidagi vaziyat yaxshilanmasa, biz oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq keyingi muammolarni istisno eta olmaymiz”, – deydi tahlilchilar.

Butun dunyoga bugʻdoy eksportining 25-30 foizi Ukraina va Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi. Ikki davlat oʻrtasidagi mojaro tufayli Ukrainada hosilni yigʻib olish, umuman uni yetishtirish, shuningdek, eksport muammolari Ukrainadan keladigan bugʻdoyga qattiq bogʻlangan davlatlar va boshqa mamlakatlarga ham jiddiy taʼsir qilmoqda.

Shuningdek, Rossiya hamda Ukraina oʻsimlik yogʻini yirik hajmda eksport qiluvchi mamlakatlar hisoblanadi. Xususan, 2019 yilda Rossiya hamda Ukrainaning birgalikdagi oʻsimlik yogʻi eksporti dunyo eksportining 64 foiz qismini tashkil etgan.

AQSH Qishloq xoʻjaligi vazirligi (USDA) 2022—2023 yillarga moʻljallangan bugʻdoyning global prognozi taʼminotning kamayishi, isteʼmolning qisqarishi, savdoning qisqarishi va yakuniy zahiralarning biroz pastroq boʻlishini taʼkidladi.