Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ilon Mask Optimus odamsimon robotini taqdim etdi

Ilon Mask millionlab shunday robotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Robotning bozordagi narxi 20 ming dollar atrofida boʻlishi mumkin

Foto: The Wall Street Journal

Tesla kompaniyasining 2022 yilgi sunʼiy intelekt boʻyicha yillik tadbirida kompaniya bosh direktori amerikalik milliarder Ilon Mask Optimus gumanoid robotining prototipini namoyish etdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Biznesmenning taʼkidlashicha, robotning bozordagi narxi 20 000 ming dollar atrofida boʻladi. Robot taqdimot paytida sahnani aylanib chiqdi, zaldagi tomoshabinlarga “qoʻli”ni silkitdi hamda noodatiy xatti-harakatlar koʻrsatishga urindi.

Shuningdek, tadbirda Optimusʻning Tesla zavodida qutilarni koʻtarib, gullarni sugʻorayotgani va baʼzi buyumlarni koʻchirayotgani aks etgan video ham namoyish etildi.

Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, Tesla Optimus roboti 2,3 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Bu esa robotning toʻliq bir kun ishlashi uchun yetarlidir. Batareya robotning qovurgʻa qafasida joylashgan boʻlib, uning xususiyati akkumulyator va uning ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha elektronikani bir birlikka birlashtirishdir.

Qayd etilishicha, Optimus robotida batareyalarini tezda oʻzgartirish imkoniyati ham mavjud.