Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Turkiyada “Mir” kartalaridan foydalanadigan bank qolmagani sababli norozilik namoyishlari boshlandi

Turkiyaliklar AQSH sanksiyalarini buzmagan holda Rossiya bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishning muqobil yoʻllarini qidirmoqda

Foto: “RIA Novosti”

Antaliyada boʻlib oʻtgan mitingda namoyishchilar “ʼMirʼ kartalarini tinch qoʻyinglar, Rossiya bilan savdo davom etishi kerak”, degan norozilik shiorlari bilan chiqishdi.

Qayd etilishicha, Turkiyada Rossiyaning “Mir” kartalarini qabul qilishning toʻxtatilish qaroridan keyin nafaqat rossiyalik sayyohlar, balki turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi turk fuqarolari ham zarar koʻrishni boshlagan. Ularning zararlari hozirda oʻrtacha 80 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Turkiyada “Mir” toʻlov tizimi bilan ishlash uchun yangi bank ochilishi mumkin, deya xabar berdi “Sputnik”.

Bu taxminni Rossiya-Turkiya ishbilarmonlar kengashi direktori Aleksey Yegarmin ilgari surdi. Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya tomoni “Mir” tizimi bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishning muqobil variantlarini, xususan, AQSH va Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga bogʻliq boʻlmagan bank yaratishni koʻrib chiqmoqda.

“Ehtimol, bu maxsus bank yoki blokcheyn hisob-kitoblarga asoslangan maxsus tizim yoki yopiq kliring boʻlishi mumkin”, deydi Aleksey Yegarmin.

Avvalroq, AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimi bilan ishlaydigan banklarga ogohlantirish bilan chiqqandi. Unda Rossiyaga nisbatan amalga oshirilgan iqtisodiy sanksiyalar koʻzlangan natijasini bermagani, shu sababli Gʻarb davlatlari avval joriy qilingan cheklovlarni kuchaytirish niyatida ekanligi maʼlum qilingandi.