Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Qoʻqonlik tarixchi turkiy tildagi taqvimni tikladi — foto

Dadaboyevning soʻzlariga koʻra, taqvim unutilib, koʻpchilik uni eslamagan.

Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimi Yahyoxon Dadaboyev Qoʻqon xonligida haftaning oy va kunlarining turkiy nomlari bilan ilgari mavjud boʻlgan taqvimni qayta tikladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoʻqon universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjumanda qatnashgan “Bugun.uz” muxbiri Rigina Madjitova xabar berdi.

Dadaboyevning soʻzlariga koʻra, taqvim unutilib, koʻpchilik uni eslamagan. 1907 yilda Ufa jurnallaridan birida taqvim nomlari haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan.

“Tatar tarixchilari haftaning oy va kunlarining nomlarini turkiy tilda topishga harakat qildi, Men ularning ishini davom ettirdim va ularni qayta tiklashga harakat qildim”, — deydi mutaxassis.

Tarixchi taqvim nomlari haqida birinchi marta 1980 yilda Ufa jurnalida oʻqigan. Shundan soʻng u choʻpon, ovchilar bilan suhbatlashib, ulardan maʼlumot olib, tegishli maqolalar topib, izlanishlarini toʻldirgan.

“Qishloqlar, togʻli hududlarni eshakda kezib, maʼlumot yigʻib yurdim. Taxminan 2010 yilda tadqiqotimni yakunladim. Ammo bu maʼlumot hech qachon hech qayerda chop etilmagan. Men bir nechta jurnallarga yubordim, lekin hech qachon javob olmadim. Qoʻqon tarixi haqida kitob yozganman, unda bu turkiy nomlar tilga olinadi. 2022 yil avgust oyida kitob Qoʻqon universiteti bilan hamkorlikda chiqarilishi rejalashtirilgan. Kitob nashr etilishining moliyaviy qismini aynan mana shu universitet oʻz zimmasiga oldi”, — degan mutaxassis.

Foto: “Bugun.uz”

Dadaboyev ayrim oylarning nomlarini ham tushuntirib bergan. Jumladan, “oʻt yoqmas” — aprel oyi. Chunki oʻsha paytda uy va oʻtovlarni isitish toʻxtatilgan. “Qozon” — bu vaqtda qoramol soʻyilgan, goʻsht quritilgan, qazi qilingan. Uzoq vaqt saqlanmaydigan goʻshtlardan qozonda ovqat qilib, bir-birlarini tanovull qilishga taklif qilingan. Bu noyabr oyida sodir boʻlgan. Yana bir nomi “qirkkuyak” boʻlib, qoʻy va echkilar boqiladigan iyul-avgust oylarini bildirgan. Oʻshanda hayvonlar yanvar-fevral oylarida tugʻilib, ularni sovuqdan nobud boʻlmasligi uchun choʻponlar qoʻy-echkilarning qorinlarini bir qop kuyak bilan 40 kun bogʻlab qoʻygan, keyin uloq va qoʻzilar bahorda tugʻilgan.

“Rus tilidan tashqari barcha tillarda hafta kunlarining nomlari ʻkunʻ soʻzidan kelib chiqqan: ingliz tilida ʻdayʻ, tojikchada ʻshanbaʻ, turkiy tilda ʻkunʻ. Bosh kun — dushanba, sok kun — seshanba, jul kun — chorshanba ʻyoʻlga yiqish uchun yaxshi kunʻ maʼnosida, kindik kun — payshanba, beshin kun yoki otna juma, boʻsh kun — shanba boʻlib, tarjimada ʻnomsizʻ, ʻerkinʻ maʼnolarida kelgan, pirtak — yakshanba (qadimgi turkiy tildan bozorga chiqish kuni)”, — deydi Yahyoxon Dadaboyev.