Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Zaxiralar, asosan, 20 milliard 883,6 million dollarga teng oltin va 13 milliard 173,7 million dollarga teng Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlardan iborat.

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2022 yil 1 aprel holatiga koʻra, 35 milliard 155,5 million dollarni tashkil etib, mart oyiga nisbatan 205,1 million dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida soʻz boradi.

Zaxiralar, asosan, 20 milliard 883,6 million dollarga teng oltin va 13 milliard 173,7 million dollarga teng Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlardan iborat. Oʻzbekiston oltinining sof hajmi 10,9 million troy unsiyani tashkil etmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 16,3 million dollarga yoki 0,05 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1924,10 dollargacha oʻsishining taʼsiri 1,36 milliard dollarni tashkil qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Markaziy banki 2021 yil dekabr oyida oltinni eng koʻp sotib olgan xaridorlardan biri boʻlgandi.

Comex birjasida 17 fevral kuni oltin narxi 1,4 foizga oshib, bir unsiya uchun 1900 dollarni tashkil qildi. Bu 2021 yilning iyun oyidan beri kuzatilgan eng yuqori koʻrsatkich boʻlib qoldi.