2021 yili dunyoda elektr energiyasiga boʻlgan talab 6 foizga oshdi. Bu dunyo keng koʻlamli moliyaviy inqirozdan chiqqan 2010 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Bu haqda “Kommersantʼ” Xalqaro energetika agentligi (XEA) maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilgi elelktr energiyasi bozoridagi oʻsish mutlaq koʻrsatkichlarda hisob qilinsa, u 150 Teravatt/soatdan oshgan va bu tarixdagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Elektr energiyasiga talabning koʻtarilishi ortida iqtisodiyotning tez tiklanishi va 2020 yilga nisbatan ekstremal ob-havo, jumladan, odatdagidan sovuqroq qish turibdi.
Talabning keskin ortishi oqibatida koʻplab bozorlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy gaz va koʻmir tanqis boʻlib qoldi, energiya va elektr energiyasi narxi keskin oshdi, elektr taʼminoti uzilib qoldi, bu esa ishlab chiqaruvchilarga ham, isteʼmolchilarga ham taʼsir koʻrsatdi.
Taʼkidlashicha, elektr energiyasiga boʻlgan talab 10 foizga oshgan Xitoyda, shuningdek, Yevropa va Hindistonda vaziyat ogʻir.
Elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortib borishi oqibatida zararli chiqindilar koʻpaydi, chunki koʻplab mamlakatlar arzonroq boʻlgan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun koʻmirdan foydalanishni koʻpaytirdi. Buning ortidan 2021 yili koʻmir yoqilgʻisida elektr energiyasi ishlab chiqarish 9 foizga oʻsib, tarixdagi eng yuqori koʻrsatkichga yetdi.
Atmosferaga chiqarilayotgan zaharli tutunlar tempi 2024 yilgacha hozirgi darajada saqlanib qoladi. Kelgusi uch yilda dunyoda elektr energiyasiga boʻlgan talab 2,7 foizga oshadi.
Avvalroq dunyo boʻylab oziq-ovqat narxlari 2022 yilda ham oshishi xabar qilingandi.


