Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Moliya

Shavkat Mirziyoyev Markaziy bankka valyuta bozoridagi noaniq vaziyat boʻyicha koʻrsatma berdi

Inflyatsiya darajasini kamaytirish va uning maqsadli koʻrsatkichlarga tezroq qaytishini taʼminlash asosiy vazifa ekani yana bir bor aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yigʻilishda Markaziy bankka tashqi valyuta bozoridagi noaniq vaziyatni inobatga olgan holda, ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini taʼminlashda ehtiyotkorona yondashuvni qoʻllab borish muhimligi koʻrsatib oʻtildi. 

“Bunda ichki valyuta bozoridagi holatni kunlik kuzatib, tadbirkorlarni, umuman, xalqimizni joriy vaziyat, kutilayotgan oʻzgarishlar va koʻrilayotgan choralar haqida xabardor qilish kerakligi taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, inflyatsiya darajasini kamaytirish va uning maqsadli koʻrsatkichlarga tezroq qaytishini taʼminlash hukumatning asosiy vazifasi ekani yana bir bor qayd etildi.

Avvlaroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov valyuta kursi, savdo va moliyaviy kanallar hozirgi geosiyosiy vaziyatning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga  koʻrsatayotgan asosiy taʼsirlaridan ekanini aytib oʻtgandi.