Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasida sement narxi koʻtarildi

Oʻtgan hafta mobaynida birjada jami 2 trln 257,3 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi.

Foto: “res.cloudinary.com”

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” ochiq savdolarida 28 fevral–6 mart kunlari jami 2 trillion 257,3 milliard soʻmlik tovar resurslari sotildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻydi. Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 11 ming 764,0 tonna omuxta yem qoʻyildi va ulardan 11 ming 296,0 tonna, yaʼni 96 foiz hajmi sotildi. Omuxta yemning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 2259,0 tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda omuxta yem uchun shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 1 narxlar 966,6 ming soʻmdan 1 million 873,8 ming soʻmgacha, yaʼni 4,7% foizga pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 156 xaridor ishtirok etdi.

Shuningdek, oʻtgan hafta mobaynida birja savdolarida 135,1 ming tonna sement sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 27,0 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 580,0 ming soʻmdan 603,8 ming soʻmgacha koʻtarildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 262 xaridor ishtirok etdi.

Bundan tashqari, oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 4022,0 tonna polietilen qoʻyildi va ulardan deyarli barcha hajmi sotildi. Polietilenning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 804,0 tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 million 660,2 ming soʻmdan 16 million 614,3 ming soʻmgacha pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 79 xaridor ishtirok etdi.

Avvalroq Oʻzbekiston eng koʻp sement import qilayotgan 5 ta davlat haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat berilishi xabar qilindi.