Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Biznes

Nikel narxi Donbassdagi keskinlashuv tufayli 11 yillikdagi rekord darajaga yetdi

London metall birjasida nikel fyucherslari 2,92 foizga oʻsdi.

Foto: “thoughtco.com”

Nikel narxi Donbassdagi keskinlashuv fonida 2011 yildan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, nikel narxi 2011 yildan beri birinchi marta bir tonnasi uchun 25 ming dollardan oshgan. London metall birjasida (LME) nikel fyucherslari 2,92 foizga oʻsgan. Nikel narxi oʻsishda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, metall narxining koʻtarilishiga jahon zaxiralarining kamayishi va Ukrainadagi keskinlik tufayli asosiy ishlab chiqaruvchi boʻlgan Rossiya tomonidan taʼminotning toʻxtatilishi mumkinligi sabab boʻlmoqda.

Nikel 2022 yil London birjasida narxlarning oʻsishi boʻyicha yetakchilar qatoridan joy oldi. U elektromobillarga akkumulyatorlar ishlab chiqarish uchun nikelga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotgani sababli talabning taklifdan yuqori boʻlishi haqidagi bir qator prognozlar tufayli qimmatlasha boshlagan.

“Soʻnggi voqealar, ayniqsa, zaxiralar juda past darajada boʻlgan holda, taʼminot xavfini ayniqsa yuqori qiladi”, — degan TD Securities tovar strategi Rayan Makkey.

Taʼkidlanishicha, London birjasida nikel zaxiralari 2019 yildan beri eng past darajaga tushgan.

Avvalroq Oltin narxi iyun oyidan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetgani xabar qilingandi. Shuningdek, Brent markali neft narxi 2014 yildan beri ilk bor 100 dollarga yaqinlashgani haqida xabar berildi.