Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

“Oʻzavtosanoat” Xitoyning BYD elektromobil ishlab chiqaruvchisi bilan kelishuv imzoladi

Kompaniya boshqaruv raisi oʻrinbosari ijtimoiy tarmoqda kelishuv haqida eʼlon qildi.

Foto: “Oʻzavtosanoat”

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Xitoyning BYD elektromobil ishlab chiqaruvchisi bilan kelishuv imzoladi. Bu haqda kompaniya boshqaruv raisining oʻrinbosari Azizbek Shukurov ijtimoiy tarmoqda post eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, 16 fevral kuni “Oʻzavtosanoat” Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chikaruvchisi — BYD kompaniyasi bilan kelishuv imzolagan.

“Elektromobillar kelajagiga dastlabki qadam”, — deya izohlagan Azizbek Shukurov kelishuvni.

Maʼlumot oʻrnida, BYD Co Ltd (Build Your Dreams) Xitoyda avtomobillar, akkumulyatorli velosipedlar, avtobuslar, forkliftlar, quyosh panellari, qayta zaryadlanuvchi akkumulyatorlar, yuk mashinalari va boshqalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Uning BYD Automobile va BYD Electronic kabi ikkita yirik shoʻba korxonasi mavjud. Kompaniya 1995 yil fevral oyida tashkil etilgan.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev elektromobil ishlab chiqarish boʻyicha amaliy ishlarni hozirdan boshlash kerakligini taʼkidlagani xabar qilingandi. Shuningdek, UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan toʻlov miqdori pasaytirilishi haqida xabar berildi.