Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 16,24 soʻmga koʻtarilib, 10 ming 851,24 soʻmni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 16,24 soʻmga oshib, 10 ming 851,24 soʻmni tashkil etgan. 1 yevro kursi 12 ming 418,16 soʻmga baholanib, 37,01 soʻmga oshdi. Shuningdek, 1 rubl 145,21 soʻm etib belgilanib, 0,30 soʻmga koʻtarildi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 11 fevral, juma kunidan kuchga kiradi.


