Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasida shakar va paxta yogʻi narxi pasaydi

Oʻtgan hafta mobaynida birjada jami 1 trln 978,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi.

Foto: “theconversation.com”

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” ochiq savdolarida 31 yanvar–6 fevral kunlari jami 1 trillion 978,9 milliard soʻmlik tovar resurslari sotildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻygan. Oʻtgan haftada birja savdolarida 1261,0 tonna paxta yogʻi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 47 xaridor ishtirok etgan. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 252,0 tonnani tashkil qilgan.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 14 million 701,2 ming soʻmdan 13 million 48,8 ming soʻmgacha, yaʼni 11,2 foizga pasaygan.

Shuningdek, birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etilgan. Hafta davomida birja savdolariga 16 ming 677,0 tonna shakar qoʻyilgan va ulardan 8260,0 tonnasi, yaʼni 49,5 foiz qismi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 33 xaridor ishtirok etgan.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8094,0 ming soʻmdan 8082,5 ming soʻmgacha pasaygan.

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8172,8 ming soʻmni tashkil etgan.

Bundan tashqari, oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 4713,0 tonna koʻmir sotilgan. Koʻmirning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 943,0 tonnani tashkil qilgan.

Koʻrib chiqilayotgan davrda koʻmir boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 303,7 ming soʻmdan 280,9 ming soʻmgacha, yaʼni 7,5 foizga pasaydi.

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida koʻmir boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 347,4 ming soʻmni tashkil etgan.

Avvalroq Oʻzbekiston eng koʻp shakar import qilayotgan 5 ta davlat haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Dunyo boʻyicha oziq-ovqat narxlari oʻsishi tezlashgani xabar qilindi.