Oʻzbekiston yana bir xalqaro bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali yozmoqda.
“MDH ishtirokchi — davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʻyish boʻyicha hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Bitimning asosiy maqsadi adashtirib yuborish darajasida bir xil boʻlgan tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holatlarni aniqlash, ularning oldini olish hamda ogohlantirish, MDH ishtirokchi — davlatlari chegaralarida bu kabi tovarlarning harakatlanishining oldini olish boʻyicha tomonlarning hamkorlik qilishiga kerakli shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Maʼlumot uchun, mazkur bitim 2021 yil 28 mayda Minsk shahrida qabul qilingan.


