Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

AQSHda ishsizlik darajasi yanvar oyida 4 foizga oshdi

Mamlakatda 10,9 millionta ish oʻrni band qilinmay qolmoqda.

Foto: Myseldon

AQSHda ishsizlik darajasi yanvar oyida 4 foizga oshdi. Bu haqda “Kommersantʼ” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yanvar oyida mamlakatda ishsizlik darajasi 4 foizni tashkil etgan, bu 2021 yil iyun oyidan beri ilk oʻsishdir. 2021 yil dekabr oyida ishsizlik 3,9 foizni tashkil etgan va mutaxassislar yanvar oyida bu koʻrsatkich oʻzgarishini kutmagandi. Taqqoslash uchun, 2020 yilning fevral oyida, yaʼni pandemiya boshlanishidan oldin AQSHda ishsizlik 3,5 foizni tashkil etgan.

Yana bir kutilmagan jihat ish oʻrinlari sonining sezilarli darajada oʻsishi boʻlgan — 467 mingtaga. Ayni paytda, faqat 150 mingta ish oʻrni qoʻshilishi bashorat qilingan va baʼzi ekspertlar hatto ularning qisqarishini kutgan. Eng koʻp ish oʻrinlari dam olish va mehmondoʻstlik sanoatida qoʻshilgan — 151 ming.

Shuningdek, savdo korxonalariga ixtisoslashtirilgan xizmat koʻrsatish sohasida — 86 ming, chakana savdoda — 61 ming. Shu bilan birga, mamlakatda ish oʻrinlarining umumiy soni 2020 yil fevral oyida pandemiya boshlanishidan oldingi koʻrsatkichdan 1,9 foizga yoki 2,9 million kishiga kam.

“Yanvar oyidagi ish oʻrinlari hisoboti har tomonlama kutilganidan yaxshi natija berdi. Mehnat bozorining tiklanishi yanvar oyidagi «omikron” toʻlqini tomonidan qoʻyilgan toʻsiqdan osongina oʻtib ketdi», — degan Wells Fargo iqtisodchilari Sara Xaus va Maykl Pulyeze.

Ularning taʼkidlashicha, AQSHda 10,9 million band qilinmagan ish oʻrni mavjud.

Avvalroq Jo Bayden davridagi AQSH iqtisodiyoti qanchalik oʻzgargani xabar qilingandi. Shuningdek, AQSH davlat qarzi birinchi marta 30 trln dollardan oshgani haqida xabar berildi.