Skoda kompaniyasi soʻnggi avlod Fabia xetchbekining yangi modifikatsiyasi — Monte Carlo versiyasini eʼlon qildi. Bu haqda “Kommersantʼ” xabar berdi.
Dizayn eskizlariga koʻra, avtomobil qoraygan optika, qora kuzov dekoratsiyasi, maxsus gʻildiraklar hamda salonda qora va qizil sport aksentlari, uglerod tolali bezak, yangi rul va oʻrindiqlar bilan jihozlanadi.
Qayd etilishicha, Skoda liniyasidagi Monte Carlo versiyasi 2011 yilda paydo boʻlgan. Mashhur poyga musobaqasiga bagʻishlangan versiyada Skoda Scala xetchbeki va Skoda Kamiq xetchbeklari taklif etilgan.
Avvalroq Skoda kompaniyasi Enyaq Coupe iV elektr krossoverini taqdim etgani xabar qilingandi. Shuningdek, Skoda kompaniyasi yangilangan Karoq krossoverini taqdim etgani haqida xabar berildi.


