Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Reyting. Oʻzbekiston 2021 yil eng koʻp mobil telefon import qilgan 7 ta davlat

Telefon importi 2020 yilga nisbatan solishtirilganda 1,7 million donaga oshdi.

Foto: “devicedaily.com”

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston 2021 eng koʻp mobil telefon import qilgan davlatlar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston 2021 yilda xorijdan qiymati 203,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 3 million dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi 2020 yilga nisbatan solishtirilganda 1,7 million donaga oshgan.  Oʻzbekiston 16 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.  

Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy — 102,4 million;
  2. Vyetnam — 80,7 million;
  3. Hindiston — 11,9 million;
  4. Qozogʻiston — 5,3 million;
  5. BAA — 1,9 million;
  6. Germaniya — 647 ming
  7. Rossiya — 176 ming AQSH dollari.

Avvalroq Oʻzbekistonda bojxona toʻlovining dastlabki qarorini olish tadbirkorlar uchun ixtiyoriy boʻlgani haqida xabar berilgandi.