Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2021 yilgi savdo hajmi maʼlum qilindi

Qoʻshni davlatlar bilan tashqi savdo hajmi 2020 yilga nisbatan 15,1 foizga koʻpaydi.

Foto: “ia-centr.ru”

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2021 yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan oʻzgarishlar haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2021 yil davomida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi ulushi 6,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Shuningdek, tashqi savdo hajmi 2020 yilga nisbatan 15,1 foizga koʻpaygan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan Oʻzbekistoning Qozogʻiston bilan tashqi savdo aylanmasi 3 milliard 910,5 million dollarni tashkil etgan. Eksport hajmi — 1 milliard 172,1 million dollarga, import hajmi esa 2 milliard 738,4 million dollarga yetgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston 2021 yilda Qirgʻiziston bilan tashqi 952,6 million dollarlik savdo amalga oshirgan. Eksport hajmi — 791,1 million dollarni, import hajmi esa 161,5 million dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 881,9 million dollarni tashkil etib, eksport hajmi — 191,3 million dollarga, import hajmi esa 690,6 million dollarga yetgan.

Shu bilan birga, Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 604,5 million dollarni tashkil etib, eksport hajmi — 500,9 million dollarni, import hajmi esa 103,6 million dollarni tashkil etgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning 2021 yilgi tashqi savdo aylanmasi tarkibi maʼlum qilingandi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida eng koʻp ulushga ega davlatlar haqida xabar berildi.