Dunyoning eng yirik banklari iqlim xavflarini boshqaradigan va oʻz mijozlarining uglerod chiqindilari haqida maʼlumot toʻplaydigan konsorsiumga birlashdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etilishicha, konsorsiumning faoliyati alohida banklarning siyosatiga qanday taʼsir qilishi hozircha nomaʼlum.
Konsorsiumga 19 ta bank, jumladan Bank of America, Wells Fargo, National Bank of Canada, shuningdek, Management Association (RMA) kirgan. Ushbu birlashmaning faoliyati iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarni boshqarish va yashil iqtisodiyotga oʻtish standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan boʻladi.
RMA rahbari Nensi Fosterning aytishicha, banklar qaysi aktivlar ob-havoga taʼsir qilishini aniqlashi va mijozlarning uglerod chiqindilari haqida maʼlumot toʻplashi mumkin. Fosterning soʻzlariga koʻra, bu jarayon banklarning pul yuvishga qarshi kurashdagi faoliyatiga oʻxshash boʻladi.
“Hozirda banklarning iqlim oʻzgarishi boʻyicha birgalikda ishlashi har qachongidan ham muhimroq. Banklar iqtisod va jamiyat uchun juda muhim. Ular «yashil” iqtisodga oʻtishga yordam beradi», — deydi Foster xonim Bank of America veb-saytida chop etilgan relizda.
Avvalroq Jahon banki global iqtisodiyot oʻsishi prognozini pasaytirgani xabar qilingandi.


