Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonda atom energiyasi sohasi xodimlari muntazam attestatsiyadan oʻtkaziladi

Xodimlarni davriy attestatsiyadan oʻtkazishning tegishli muddatlari belgilangan.

Foto: “ria.ru”

Oʻzbekistonda atom energiyasidan foydalanish sohasi xodimlari muntazam attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 10 yanvardagi qarori bilan Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
  • attestatsiyadan oʻtkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlar toifalari;
  • attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
  • attestatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish qoidalari.

Qayd etilishicha, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishini va yuritilishini taʼminlash topshirilgan.

Bundan tashqari, xodimlarni davriy attestatsiyadan oʻtkazish tegishli muddatlarda amalga oshiriladi. Jumladan, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning rahbarlari, ularning attestatsiya komissiyalari raislari va rais oʻrinbosarlari uchun — besh yilda bir marta.

Shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning idoraviy (ishlab chiqarish) nazoratini, atom energiyasidan foydalanish sohasida texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, ularning jismonan himoya qilinishini taʼminlovchi, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar yoki ular asosidagi mahsulotlarni tashuvchi xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari aʼzolari uchun — uch yilda bir marta.

Shu bilan birga, muhandis- texnik va boshqa ishchi xodimlari — bir yilda bir marta davriy attestatsiyasi oʻtkaziladi.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 11 apreldan kuchga kiradi.

Avvalroq Qozogʻiston Xitoydan kelayotgan kriptomaynerlar tufayli AES qurishi mumkinligi xabar qilingandi.