Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Iqtisodiyot va moliya

Oʻzbekistonning davlat qarzi qanchaga yetgani ochiqlandi

Davlat qarzi qoldigʻi 2021 yilning III choragida 1,1 milliard dollarga oshdi

Foto: “zikua.tv”

Oʻzbekistonning davlat qarzi qoldigʻi 25,3 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Moliya vazirligining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, davlat qarzi qoldigʻi 2021 yilning III choragida 1,1 milliard dollarga (yil boshidan 2,1 milliard dollarga) oshib, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga 25,3 milliard dollarni tashkil etgan.

Hisobot davrida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati barqarorlashish tendensiyasi saqlanib qolib, yil boshidagi 38,9 foizdan (1 iyul holatiga — 38,5 foiz) 1 oktyabr holatiga 38,4 foizgacha pasaygan.

Maʼlumotlarga koʻra, iyul-sentyabr oylarida davlat qarzi qoldigʻining 1,1 milliard dollarga oshishi, asosan, davlat byudjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida miqdoridagi qarz mablagʻlarining oʻzlashtirilishi bilan birga 356,4 mln. dollar miqdoridagi davlat qarzining soʻndirilishi bilan izohlanadi.

Natijada, 2021 yilning III choragida:

  • Oʻzbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldigʻi 897,6 million dollarga oshdi;
  • davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldigʻi 42,2 million dollarga oshdi;
  • davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldigʻi 102,2 million dollarga oshdi.

Oʻzbekiston nomidan 1 trillion 196,4 milliard soʻmlik davlat qimmatli qogʻozlarini (DQQ) emissiya qilinishi va 407,2 milliard soʻm miqdoridagi DQQ soʻndirilishi natijasida DQQ boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi 789,2 milliard soʻmga oshgan.

Avvalroq Oʻzbekistonning umumiy davlat qarzi 2022 yil yakuniga 33,5 milliard dollar (YAIMga nisbatan 45,2 foiz)ga prognoz qilingandi.