Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan ekologik qonunchilik talablari ijrosini taʼminlash hamda sanoat korxonalarining atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish maqsadida Qashqadaryo viloyatida navbatdagi tekshiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar jarayonida “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” atrof-muhitga muntazam salbiy taʼsir koʻrsatayotganligi, jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etilmasligi, chang-gaz tozalash uskunalari, oqova suvlarni tozalash inshootlari ekologik talablarga javob bermasligi va yana bir qator ekologik qonunchilik talablari qatʼiy buzilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan korxonaga nisbatan qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovlari belgilandi. Shuningdek, 16 banddan iborat bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
Toʻplangan hujjatlar yakuniy baho berish va qaror chiqarish maqsadida sud organlariga yuborildi.


