Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi
4−5 aprel — shanba va yakshanba kunlari bank boʻlimlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- Oʻzmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkorbank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Asakabank;
- Universalbank;
- Oʻzsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Ipoteka-bank;
- Saderat bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipak Yuli Banki;
- Mikrokreditbank;
- Kapitalbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.


