Asosiy mazmunga oʻtish
12avgust · Chorshanba USD 11 889,95 ▼ −0,4% EUR 13 717,44 ▼ −0,5% RUB 143,93 ▼ −0,5% Maʼlumot: Markaziy bank
Yangiliklar

Ishlab chiqarish va qurilish korxonalarining soliq qarzi miqdori ochiqlandi

Hududlar kesimida soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori oʻrinlarda 951,9 milliard soʻm bilan Toshkent shahri va 643,6 milliard soʻm bilan Toshkent viloyati turibdi.

Foto: Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati

Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda qurilish va ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi qancha ekanini ochiqladi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 1 fevral holatiga koʻra, undirilishi lozim boʻlgan soliq miqdori 100 million soʻmdan yuqori boʻlgan qurilish tashkilotlari soni 1 808 taga yetib, ularning jami qarzi 3,1 trillion soʻmni tashkil qilgan. Shundan 1,4 trillion soʻm qismi, yaʼni 46,8 foizi yirik 10 ta korxona hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori oʻrinlarda 951,9 milliard soʻm bilan Toshkent shahri va 643,6 milliard soʻm bilan Toshkent viloyati turibdi. Undan keyingi joyni 279,4 milliard soʻm qarzi boʻlgan Andijon viloyati egalladi.

Ishlab chiqarish korxonalarida esa soliq qarzi 100 million soʻmdan yuqori muassasalar soni 925 taga yetgan. Ularning jami qarzdorligi 1,4 trillion soʻm boʻlib, buning 34,3 foizi, 506,2 milliard soʻmi top 10 tashkilotga tegishlidir.

Ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi yuqori hududlar:

  • Toshkent viloyati — 335,7 milliard soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 194,5 milliard soʻm;
  • Andijon viloyati — 176,3 milliard soʻm.

Oʻtgan yilda ishchilarining soliq qarzi eng yuqori 3 ta korxona nomi maʼlum qilingandi. Oʻzbekistonda 170 mingdan ortiq tashkilotning 740 mingdan oshiq xodimida mol-mulk va yer soligʻidan qarzdorliklar mavjud.